Вы действительно хотите выполнить это действие?
1.1. Ushbu Cookie siyosatida ishlatiladigan atamalar Foydalanuvchi Shartnomasida belgilangan ma’nolarga ega, agar boshqacha ko‘rsatilmagan bo‘lsa.
1.2. Cookie fayllar — bu veb-sayt serveri tomonidan foydalanuvchi brauzeriga yuboriladigan va foydalanuvchining kompyuteri qattiq diskida saqlanadigan noyob identifikatorni o‘z ichiga olgan kichik hajmdagi ma’lumotlar bo‘lib, veb-sayt foydalanuvchi sozlamalarini eslab qolish yoki savatga qo‘shilgan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni saqlab qolish imkonini beradi. Cookie fayllar sessiyaviy bo‘lishi mumkin (faqat xizmatdan foydalanganda saqlanadi va brauzer yopilganda o‘chiriladi) yoki doimiy bo‘lib, brauzerda uzoq vaqt davomida saqlanishi mumkin.
1.3. Brauzer — foydalanuvchilarga Internetda veb-saytlarni ko‘rishga imkon beradigan dastur. Mashhur brauzerlar qatoriga Chrome, Internet Explorer va Firefox kiradi. Aksariyat brauzerlar xavfsiz bo‘lib, cookie ma’lumotlarini tez va oson o‘chirish imkoniyatini beradi.
2.1. Cookie fayllari siyosati Foydalanuvchi Shartnomasiga ilova hisoblanadi va Veb-saytda joylashtirilgan.
2.2. Ushbu siyosat “ELECTRICHKA CLUB” mas’uliyati cheklangan jamiyati (keyingi o‘rinlarda – “Kompaniya” va/yoki “Administrator”) tomonidan Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlaridan foydalanish tartibini hamda ushbu ma’lumotlardan foydalanishni Foydalanuvchi qanday nazorat qilishi mumkinligini belgilaydi.
2.3. Foydalanuvchi Veb-sayt yoki uning mobil versiyasiga tashrif buyurish orqali ushbu Cookie fayllari siyosatiga muvofiq cookie fayllaridan foydalanishga rozilik bildiradi.
2.4. Agar Foydalanuvchi cookie fayllaridan foydalanishga rozi bo‘lmasa, brauzer sozlamalaridan ularni o‘chirib qo‘yishni tavsiya qilamiz.
2.5. Veb-sayt funksiyalaridan foydalanish Cookie siyosatidagi shartlarga rozilikni talab qiladi. Agar bu shartlarga rozi bo‘lmasangiz, iltimos, saytga tashrif buyurmang.
3.1. Kompaniya quyidagi ikki turdagi ma’lumotlarni yig‘adi:
- foydalanuvchilardan olingan ma’lumotlar;
- avtomatik ravishda olinadigan ma’lumotlar.
3.2. Kompaniya quyidagi cookie fayllari toifalaridan foydalanadi:
3.2.1. Majburiy (qat'iy zarur) cookie fayllar — foydalanuvchining veb-sahifa bo‘ylab harakatlanishi va Saytda izlash imkoniyatini ta’minlaydi hamda bir sessiya davomida foydalanuvchining avvalgi sahifaga qaytishdagi harakatlarini eslab qoladi.
3.2.2. Ekspluatatsion cookie fayllar — Saytdan qanday foydalanilayotganiga doir umumlashtirilgan ma’lumotlarni yig‘adi. Bu ma’lumotlar foydalanuvchining qurilmasidagi brauzerda saqlanadi. Bunga Saytda qolish vaqti, eng ko‘p tashrif buyurilgan sahifalar, foydalanuvchi uchun qaysi bo‘limlar yoki xizmatlar eng qiziqarli bo‘lgani, reklama yoki marketing kampaniyasining samaradorligi kiradi. Ushbu ma’lumotlar statistik va tahliliy maqsadlar uchun ishlatiladi. Ba’zi cookie ma’lumotlari sayt tomonidan ruxsat etilgan uchinchi tomonlarga faqat yuqoridagi maqsadlar uchun taqdim etilishi mumkin.
3.2.3. Funktsional cookie fayllar — foydalanuvchi qurilmasida brauzer sessiyalari orasida saqlanadigan sozlamalar yoki konfiguratsiyalarni saqlash uchun ishlatiladi. Bu cookie fayllar foydalanuvchilarga video ko‘rish, interaktivlarda (so‘rovnomalar, ovoz berish) ishtirok etish va ijtimoiy tarmoqlar bilan o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini beradi. Foydalanuvchining resursdan foydalangandagi tajribasini yoqimliroq qilish uchun ushbu fayllar foydalanuchi taqdim etgan ma’lumotlarni eslab qoladi va Saytdan foydalanish samaradorligini oshiradi.
3.2.4. Maqsadli cookie fayllar — foydalanuvchini qiziqtirishi mumkin bo‘lgan kontentni taqdim etish uchun ishlatiladi. Bu ma’lumotlar foydalanuchi qurilmasida brauzer sessiyalari orasida saqlanadi. Bunga misol: tavsiya etilgan matnli, grafik, audio va video materiallarning takroriy namoyishini oldini olish, maqsadli reklamani boshqarish, reklama kampaniyalarining samaradorligini baholash, boshqa resurslarga foydalanuvchining tashriflari haqidagi ma’lumotlar va Saytning boshqa sozlamalari. Sayt bu ma’lumotlarni media mijozlar, reklama beruvchilar, agentliklar va biznes hamkorlar bilan sifatli maqsadli reklamani ta’minlash uchun ulashishi mumkin.
3.2.5. Muvofiqlik cookie fayllari — ushbu cookie fayllar qonuniy va tartibga soluvchi talablarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur, masalan, firibgarlikka va pul yuvishga qarshi kurashish sohasida. Shuningdek, bu fayllar boshqa foydalanuvchilarning hisobingizdan foydalanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Cookie fayllar saytga kirishda faollashadi va butun sessiya davomida faol bo‘ladi.
3.2.6. Uchinchi tomon va tahlil xizmatlariga oid cookie fayllar — bu cookie fayllar saytga YouTube yoki Twitter kabi uchinchi tomon xizmatlari tomonidan joylashtiriladi, agar u yerda uchinchi tomon kontenti mavjud bo‘lsa. Kompaniya bu fayllarni nazorat qilmaydi. Agar yuklanishi mumkin bo‘lgan cookie fayllari haqida batafsil ma’lumot olishni istasangiz, tegishli uchinchi tomon saytlari bilan tanishing.
3.3. Avtomatik tarzda olingan ma’lumotlar — bu foydalanuvchilardan Veb-sayt orqali avtomatik tarzda to‘plangan ma’lumotlar bo‘lib, masalan, Google Analytics kabi xizmatlar orqali amalga oshiriladi.
3.4. Foydalanuvchi Veb-saytning har qanday sahifasiga tashrif buyurganida, uning Brauzeri orqali ma’lumotlar xizmat vositalariga avtomatik ravishda uzatiladi. Kompaniya xizmatlarning akkauntlari orqali quyidagi ma’lumotlarni oladi:
3.4.1. Demografik ma’lumotlar (masalan: yosh, jins, til, mamlakat, operatsion tizim, brauzer haqida ma’lumotlar);
3.4.2. Qiziqishlar bo‘yicha ma’lumotlar (sport, o‘yinlar va boshqalar);
3.4.3. Foydalanuvchi xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlar (yangi foydalanuvchi yoki qayta kirgan foydalanuvchi, saytga qancha vaqt sarflagani, ko‘rilgan sahifalar soni);
3.4.4. Foydalanuvchini jalb qilish manbasi bo‘yicha ma’lumotlar (foydalanuvchi sayt haqida qayerdan bilgan – to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola, referal, tabiiy qidiruv va hokazo).
3.5. Cookie fayllari Kompaniyaga foydalanuvchining elektron pochta manzili yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarini foydalanuvchi ushbu ma’lumotlarni bevosita taqdim etmaguncha (masalan, Kompaniyaning Veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish orqali) yetkazib bera olmaydi. Cookie fayllariga shaxsiy ma’lumotlar faqat foydalanuvchi bunga rozilik bergan taqdirda qo‘shiladi.
3.6. Cookie fayllari orqali olingan ma’lumotlar Kompaniyaga Veb-sayt auditoriyasini tahlil qilish imkonini beradi. Kompaniya ushbu fayllardan Veb-sayt funksionalligini foydalanuvchilarning foydalanish odatlari asosida takomillashtirish, kontent va xizmatlar sifatini oshirish, shuningdek foydalanuvchilarga ularning qiziqishlariga mos mahsulot va xizmatlarni taklif etish maqsadida foydalanadi.
3.7. Cookie fayllari va ulardan olingan ma’lumotlardan foydalanish Kompaniyaga Veb-sayt statistikasi, IP-manzillar va ishlatilayotgan cookie fayllari to‘g‘risida anonim ma’lumotlarni taqdim etadi. Ushbu ma’lumotlar orqali Kompaniya Veb-saytga qancha foydalanuvchi tashrif buyurganini, qaysi sahifalar ko‘proq ko‘rilganini, foydalanuvchilar qaysi brauzerdan foydalanayotganini aniqlaydi. Bu esa xizmatlarning kengroq auditoriyaga mosligini ta’minlash uchun ularni takomillashtirish imkonini beradi.
4.1. Kompaniya quyidagi jadvalda keltirilgan, ammo ular bilan cheklanmagan holda, cookie fayllaridan foydalanadi:
Nomi |
Cookie turi va maqsadi |
Saqlanadigan ma’lumotlar |
Saqlash muddati |
ASP.NET_SessionId |
Ushbu fayl veb-saytga tashrif buyurilganda yaratiladi va uning ishlashi uchun zarurdir. |
Ushbu fayl mijozni veb-sessiya davomida aniqlash uchun zarurdir. |
Ushbu fayl foydalanuvchi veb-brauzerni yopgandan so‘ng avtomatik tarzda o‘chiriladi. |
Epi:NumberOfVisits |
Ushbu fayl EPiServer tizimida shaxsiylashtirish funksiyasi qo‘llanilganda ishlatiladi. U ko‘rsatiladigan bloklar yoki bannerlarni tanlash mezoni sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, asosiy matn tarkibiga ham tegishlidir. |
Veb-saytdan foydalanishda mijoz uchun qulaylikni oshiradi. |
Doimiy cookie fayli bo‘lib, 2 yil ichida veb-saytga qayta tashrif buyurilganda saqlanadi (foydalanuvchi faolligi asosida yangilanadi). |
BIGipServerlantmannen.se_HTTP_Pool |
Ushbu cookie fayli yuklamani muvozanatlash uchun qo‘llaniladi. |
Bu texnik yechim bir vaqtning o‘zida bir nechta foydalanuvchilarning ishlashini ta'minlaydi. |
Cookie fayli foydalanuvchi veb-brauzerni yopgandan so‘ng avtomatik tarzda o‘chiriladi. |
Google Analytics: _utmat |
Bu cookie fayli Google Analytics tomonidan foydalanuvchi so‘roviga binoan vaqt oralig‘ini aniqlashga yordam beradi. |
Bu vosita foydalanuvchining harakatlarini baholash, veb-saytdan foydalanish qulayligini oshirish va uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash uchun qo‘llaniladi. |
10 daqiqa o‘tgach avtomatik ravishda o‘chiriladi. |
Google Analytics: _utma |
Bu cookie fayli tashrif buyuruvchilar va seanslarni aniqlash uchun ishlatiladi. Har safar sahifa ochilganda yangilanadi va ma’lumotlar Google Analytics’ga yuboriladi. |
Bu vosita tashrif buyuruvchining harakatlarini baholash orqali saytning foydalanish qulayligini oshirish va uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlashga xizmat qiladi. |
Oxirgi tashrifdan so‘ng 2 yil davomida saqlanadi (faollik asosida yangilanadi). |
Google Analytics: _utmb |
Har bir sahifa tashrifi paytida yangi sessiyalarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Har safar sahifa ochilganda yangilanadi, ma’lumotlar Google Analytics’ga yuboriladi. |
Tashrif buyuruvchining harakatlarini baholash vositasi bo‘lib, veb-saytdan foydalanish qulayligini oshirish va uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. |
Oxirgi tashrifdan 30 daqiqa o‘tganidan so‘ng o‘chiriladi (faollik bo‘yicha yangilanadi). |
Google Analytics: _utmc |
Har bir sahifa ochilganda yangilanadi va har bir tashrifda yangi sessiyalarni aniqlash uchun qo‘llaniladi. Ma’lumotlar Google Analytics’ga yuboriladi. |
Bu vosita tashrif buyuruvchining harakatlarini baholash, veb-saytdan foydalanish qulayligini oshirish va uning to‘g‘ri ishlashini ta’minlash maqsadida qo‘llaniladi. |
Bu cookie fayli veb-brauzer yopilganda avtomatik tarzda o‘chiriladi. |
Google Analytics: _utmz |
Ushbu cookie fayli kompaniya yoki trafik manbalari haqidagi ma’lumotlarni saqlaydi, bu orqali foydalanuvchilarning veb-saytga qanday kirgani ko‘rinadi. Har safar sahifa ochilganda yangilanadi, ma’lumotlar Google Analytics xizmatiga yuboriladi. |
Bu fayllar tashrif buyuruvchilarga mos reklamalarni aniqlashga, mijozning reklama kampaniyasini uchinchi tomon veb-saytlarida ko‘rgan va mijozning veb-sahifasida xarid qilgan foydalanuvchilar sonini aniqlashga, shuningdek mijozning reklama kampaniyalarini baholashga yordam beradi. |
Oxirgi tashrifdan keyin 6 oy davomida saqlanadi (faollik asosida yangilanadi).
|
5.1. Kompaniya cookie fayllaridan quyidagi maqsadlarda foydalanadi:
5.1.1. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlarini tekshirish va eslab qolish, shuningdek, zarur xavfsizlik darajasini ta’minlash uchun, shunda Foydalanuvchilar har safar yangi sahifaga o‘tganda ma’lumotlarini qayta kiritishlari shart bo‘lmaydi.
5.1.2. Har safar Veb-saytga kirishda foydalanuvchi ismi va parolini qayta kiritmaslik uchun foydalanuvchining ushbu ma’lumotlarni saqlash qarorini eslab qolish.
5.1.3. Foydalanuvchi uchun eng muhim bo‘lgan kontentni eslab qolish, bu esa sahifalarni foydalanuvchini qiziqtiradigan ma’lumotlar bilan to‘ldirish imkonini beradi.
5.1.4. Kompaniyaning Veb-sayti orqali mahsulot yoki xizmatlarni xarid qilish tez va xavfsiz bo‘lishini kafolatlash.
5.1.5. Foydalanuvchilarning Veb-saytdan qanday foydalanishini tushunish va sayt tuzilmasini yaxshilash uchun kompaniyaga yordam beradigan anonim ma’lumotlarni to‘plash va saqlash.
5.2. Kompaniya Veb-saytda seansli (sessiya) hamda doimiy cookie fayllaridan foydalanadi.
5.3. Sayt seansi davomida Kompaniya tomonidan ishlatilishi mumkin bo‘lgan cookie turlari:
5.3.1. Personalizatsiya uchun cookie fayllari saytga birinchi marta emas, qayta tashrif buyurgan foydalanuvchilarni aniqlash va ilgari kiritilgan ma’lumotlardan foydalanish uchun ishlatiladi. Shunday qilib, foydalanuvchi ilgari ko‘rgan sahifalarni qayta ko‘rib chiqayotganda, ma’lumotlarni yana kiritishga hojat qolmaydi. Ushbu fayllar kompaniya tomonidan foydalanuvchiga yoqishi mumkin bo‘lgan kontentni tavsiya qilish uchun ishlatiladi. Foydalanuvchi personalizatsiya cookie fayllarini hisobdan chiqish orqali o‘chirishi mumkin.
5.3.2. Saytni boshqarish uchun cookie fayllari identifikatsiya ma’lumotlari yoki sessiyani saqlash uchun qo‘llaniladi. Masalan, agar veb-sayt bir nechta serverlarda ishlasa, kompaniya foydalanuvchi ma’lumotlarini aniq bir serverga jo‘natganligini ta’minlash uchun cookie fayllaridan foydalanadi (aks holda, foydalanuvchi kutilmaganda tizimga kirishi yoki chiqishi mumkin). Shuningdek, kompaniya shunga o‘xshash cookie fayllarini ovoz berishda foydalanadi, shunda foydalanuvchi bir marta ovoz bera oladi va tizimga kirmasdan sharh funksiyasidan foydalana oladi (masalan, haqoratli sharhlarni yashirish va bir xil sharhga bir necha marta ovoz berishni oldini olish uchun). Ushbu cookie fayllarni alohida o‘chirish mumkin emas, biroq foydalanuvchi brauzer sozlamalarida barcha cookie fayllarini rad etishni yoqishi mumkin.
6.1. E’tiboringizga havola qilamiz, foydalanuvchi cookie fayllaridan foydalanishni rad etishi mumkin. Cookie fayllarini o‘chirish nafaqat ushbu saytga, balki boshqa veb-saytlarga ham ta’sir ko‘rsatadi. Cookie fayllarini bloklash ko‘plab veb-saytlarning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
6.2. Cookie fayllaridan voz kechish uchun foydalanuvchi brauzer sozlamalarini o‘zgartirishi zarur.
7.1. Cookie siyosati har qanday veb-sayt xizmatlari va funksiyalari uchun amal qiladi.
7.2. Kompaniya oldindan xabar bermasdan cookie siyosatiga vaqti-vaqti bilan o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Shuning uchun, foydalanuvchilardan ushbu siyosatni muntazam ravishda tekshirib turishlari so‘raladi, shunda ular har doim o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishadi.
7.3. Cookie siyosati bo‘yicha savollar bilan foydalanuvchi veb-sayt texnik yordam bo‘limiga murojaat qilishi mumkin.